Videoretsept: rulet tiramisu
Masalliqlar:
-
Biskvit uchun
-
5 ta tuxum oqi
-
5 ta tuxum sarig'i
-
90 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
60 millilitr sut
-
70 gramm un
-
15 gramm kakao kukuni
-
Krem uchun
-
300 millilitr yog'li qaymoq
-
200 gramm tvorogli pishloq
-
30 gramm shakar
-
8 millilitr yangi damlangan qahva
-
25 gramm bezak uchun kakao kukuni
Yo’nalishlar
Sizga qahva ta’mili tvorogli pishloqlik krem bilan juda mayin va mazzali rulet pishirib ko’rishni taqdim etamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
5 ta tuxum oqi | |
5 ta tuxum sarig'i | |
90 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
60 millilitr sut | |
70 gramm un | |
15 gramm kakao kukuni | |
Krem uchun |
|
300 millilitr yog'li qaymoq | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
30 gramm shakar | |
8 millilitr yangi damlangan qahva | |
25 gramm bezak uchun kakao kukuni |
Biskvit tayyorlaymiz
Tuxum sarig’i, 20 gramm shakar, vanil shakari, tuz, o’simlik yog’i va sutni mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Ushbu aralashmaga un va kakao kukunini elab aralashtiramiz.
Bochqa idishda tuxum oqini avval kichkina tezlikda, so’ng o’rtacha tezlikda ko’pirtiramiz.
Ko’pirtirishni davom etgan holda shakarni yarimini qo’shamiz, keyin yana yarimini qo’shamiz. O’rtacha tezlikda yaxshilab ko’pirtiramiz (70 gramm shakar).
Tuxum sarig’ilik aralashmaga 3-4 osh qoshiq ko’pirtirilgan tuxum oqini qo’shamiz.
Ikkala aralashmani bir biriga qo’shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
25х35 sm pech patnisiga pergament qog’ozini qo’yib, xamirni tekislab chiqamiz. 170C darajagacha qizdirilgan pechda 10 daqiqa davomida pishiramiz. (tish kavlagich yordamida biskvit ichi quruqligini tekshirib ko’ring)
Pishgan biskvitni chiqarib, sochiq ustiga aylantirib qo’yamiz va tagidagi pergamentni ehtiyotkorlik bilan olib tashlaymiz. Biskvit issiqligida sochiq bilan birgalikda uni rulet shakliga o’raymiz. Sovutgani qoldiramiz.
Krem tayyorlaymiz
Tvorogli pishloqni bir holatga kelgunicha aralashtiramiz. O’rniga maskarpone pishlog’ini ishlatish mumkin.
Sovuq qaymoqni shakar upasi bilan ko’pirtiramiz. Tvorogli pishloqni qo’shib past yezlikda masalliqlar birikishiga qadar aralashtiramiz.
Kremni ikkiga bo’lamiz. Biriga damlangan va sovutilgan qahva qo’shib aralashtiramiz. Ikkita kremni 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Sovuq biskvit ustiga qahvasiz kremni, ustidan qalin qilib qahvalik kremni surtamiz. Qahvalik kremning qismini bezak uchun qoldiramiz
Rulet qilib o’raymiz. Chetlarini tekislaymiz.
Ruletni pergament qog’ozga o’rab, chokini pastga qilib, 15-20 daqiqaga muzlatgichga qo’yamiz.
Masalliqlar:
Biskvit uchun |
|
5 ta tuxum oqi | |
5 ta tuxum sarig'i | |
90 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
60 millilitr sut | |
70 gramm un | |
15 gramm kakao kukuni | |
Krem uchun |
|
300 millilitr yog'li qaymoq | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
30 gramm shakar | |
8 millilitr yangi damlangan qahva | |
25 gramm bezak uchun kakao kukuni |