Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom
Masalliqlar:
-
1 ta tovuq go'shti (lahm)
-
2 ta pomidor
-
150 gramm motsarella pishlog'i
-
1 choy quritilgan rayxon
-
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 osh qoshiq balzamli sirka
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo.
Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Masalliqlar:
1 ta tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta pomidor | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
1 choy quritilgan rayxon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq balzamli sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq to'sh go'shtini olib yuvamiz va uni teng ikki qismga bo'lamiz.
Ustini ehtiyotkorlik bilan kesib chiqamiz, faqat oxirigacha kesmang.
Tuz va murch seping.
Rayxon, paprika, balzamli sirka va zaytun moyi hammasini aralashtiramiz.
Shu aralashmani tovuqning hamma joyiga surtib chiqamiz.
Toblatma uchun mo'ljallangan qolipni olamiz va ichiga tovuq bo'laklarini solamiz.
Pomidorni aylana shaklda, pishloqni ham yupqaroq to'g'rab olamiz.
Tovuqning har bir kesilgan joyiga pishloq va pomidor bo'laklarini qo'yib chiqamiz.
Ustini zar qog'oz bilan yopamiz va 190 C darajada 25-30 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olamiz.
Tayyor bo'lishiga 10 daqiqa qolganda zar qog'ozini olamiz va 200 c ga ko'tarib yana pishirib olamiz.
Issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta pomidor | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
1 choy quritilgan rayxon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq balzamli sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch |