Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin
Masalliqlar:
-
600 gramm shampinyon
-
1 kilo kartoshka
-
1 bosh piyoz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
birga tortish uchun smetana
Yo’nalishlar
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, kerakli masalliqlar esa deyarli hammamizning uyimizdan topiladi.
Bu taom mazali chiqishi uchun albatta uni to’g’ri tayyorlash muhimdir. Bu yegulikni tayyorlash uchun bizga ikkta tova yoki kichikroq qozoncha kerak bo’ladi.
Masalliqlar:
600 gramm shampinyon | |
1 kilo kartoshka | |
1 bosh piyoz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun smetana |
Tovaga yog'ni solamiz va piyozni solib sal qizartirib olamiz.
Piyoz kuyib ketmasin, ehtiyot bo'ling!
Qo'ziqorinlarni olamiz zaruriyatga qarab tozalab olamiz.
Sal yupqaroq to'g'rab piyoz ustiga solamiz.
*Xohishingizga qarab xohlagan qo'ziqoriningizdan ishlatishingiz mumkin - shampinyonmi yoki veshenkami farqi yo'q.
Qo'ziqorinlar ustidan tuz sepamiz va 10 daqiqa davomida dimlab qo'yamiz.
Suv qo'shish shart emas, qo'ziqorinlar o'zidan suvini ajratadi.
Qovurishni oxirida xohishga qarab ikki qoshiq smetana solishingiz ham mumkin.
Kartoshkani po'stini archib yupqa aylana shaklda to'g'rab chiqamiz.
Ikkinchi tovada kartoshkani qizartirib qovurib olamiz.
Tuz va murch sepamiz.
Oxirgi bosqich - qovurilgan qo'ziqorin ustidan qovurilgan kartoshkalarni solamiz va qopqog'ini yopib, 5 daqiqa dimlab qo'yamiz.
Ovqatimiz tayyor, uni ko'katlar va smetana bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm shampinyon | |
1 kilo kartoshka | |
1 bosh piyoz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
birga tortish uchun smetana |