fbpx
Batafsil fotoretsept: Chuchvara

Batafsil fotoretsept: Chuchvara

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Ustiga:

Yo’nalishlar

Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo’lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkindir. Ammo uyda tayyorlanilgan chuchvaraga do’konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi.

Bugungi tayyorlaydigan chuchvaramizning xamiri juda yupqa chiqib, og’zingizda erib ketishi hech gap emas.

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
1 ta tuxum
170 millilitr iliq suv suv unga ham bog'liq bo'lib, ko'proq yoki kamroq ketishi ham mumkin
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
400 gramm mol go'shtidan qiyma
2-3 ta piyoz piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
Ustiga:
1 bosh piyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
bezatish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz.

Iliq suvga tuzni solib aralashtiramiz. Unni idishga solamiz, ustidan bitta tuxum va iliq suvni solib, o'rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir biroz yumshashi uchun ustidan ikki qoshiq yog' surtamiz va xamirni ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bu vaqt mobaynida asosini tayyorlab olamiz. Piyozni to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va yog' solingan tovada qovurib olamiz. Piyozni qovurish jarayonida bir ozgina tuz sepsangiz, piyoz qizarib ketmaydi.

Qadam 4
Tugallandi

Idishga qiymani solamiz, ustidan qovurilgan piyozni solib tuz va ziravorlarni sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni olib o'qlov bilan yupqa yoyamiz. Xamir qanchalik yupqa yoyilsa, uni iste'mol qilish shunchalik yoqimli bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni to'rtburchak shaklda, taxminan 3.5 X 3.5 sm da kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni ichiga yarim choy qoshiqdan qiyma solib, xuddi rasmdagidek tugib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tugilgan chuchvaralarni sochiq to'shalgan patnis ustiga terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qaynayotgan tuzli suvda chuchvaralarni 1 daqiqa davomida qaynatib olamiz va likopchalarga solib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustiga:

Yupqa parrak to'g'ralgan piyozni yog' solingan tovada qovurib olamiz. Ustidan pomidor pastasi solib 2-3 daqiqa dimlab qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor chuchvaralarni qovurilgan piyoz, smetana va ko'katlar bilan bezatib chiqamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
400 gramm un
1 ta tuxum
170 millilitr iliq suv suv unga ham bog'liq bo'lib, ko'proq yoki kamroq ketishi ham mumkin
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
400 gramm mol go'shtidan qiyma
2-3 ta piyoz piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
Ustiga:
1 bosh piyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
bezatish uchun ko'katlar
oldingi
Room 5 kafesidan retsept: minestrone sho’rvasi
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan shokoladli keks

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.