fbpx
Qulupnayli keks

Qulupnayli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Choy ichish uchun mazali keksning oddiy retsepti har bir uy bekasida bo’lishi kerak.

Va agar fantaziya qilishni istasangiz, pirojniyga quritilgan mevalar, rezavor mevalar yoki shokolad qo’shishingiz mumkin. Bugun biz sizga kefirdan tayyorlanadigan mazali qulupnayli keks tayyorlashni ko’rsatamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
200 millilitr kefir
100 millilitr o'simlik yog'i
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
60-70 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etgan holda kefir va o'simlik yog'i quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra un bilan qabartma solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Maslahat: xamirga ta'bga ko'ra rezavor mevalar yoki shokolad solib, aralashtirishingiz mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

13*23 diametrga ega to'g'ri to'rtburchak shakliga ega qolipni pergament qog'ozi bilan qoplab, xamirni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan keks ustiga qulupnay parraklarini qo'yib, shakar sepamiz va 10-15 daqiqaga gaz pechiga yuboramiz.

Maslahat: keks pishganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor bo'lgan keksni sovutib, qolipdan olamiz va hoxushga ko'ra shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
200 millilitr kefir
100 millilitr o'simlik yog'i
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
60-70 gramm qulupnay
oldingi
Videoretsept: pekin karamidan salat
keyingi
Makkajo’xoriga ega tovuqli kotlet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.