fbpx
Videoretsept: qovurma lag’mon

Videoretsept: qovurma lag’mon

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shuni ta’kidlashni istardikki, ushbu taomni tayyorlashda makarondan emas, balki qo’lda cho’zilgan haqiqiy lapshadan foydalanish yaxshiroqdir.

Barcha sabzavotlarni yaxshilab pishirish va go’shtning yumshoqligiga erishish talab etiladi. Ushbu taom tayyorlanishi uzoq vaqtni talab qilmaydi va uni butun oila uchun iftorga tayyorlash mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 51 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
150 gramm piyoz
100 gramm qizil sabzi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm yashil bulg'or qalampiri
350 gramm pomidor
2 ta tuxum
300 gramm lag'mon uchun lapsha
1,5 litr suv
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kastrulyaga suv solib, tuz sepamiz va qaynatishga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynab chiqqanidan so'ng lapshani qaynab turgan sho'r suvga 1 daqiqaga solib, so'ngra suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mol go'shti, qizil va yashil bulg'or qalampirilarini to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz va sabzini yarim halqa shaklida to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidorlarni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonga yog' solib, qizdiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qizdirilgan yog'ga go'shtni solib, 15 daqiqa qovuramiz.

Maslahat: agar go'sht qattiq bo'lsa, ozroq suv solib, qozon qopqog'ini yopgan holda pishirish kerak bo'ladi.

Qadam 8
Tugallandi

Go'shtga piyozni solib, 10-15 daqiqa qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra to'g'ralgan bulg'or qalampiri, sabzi, tuz va zira solamiz. Barchasini yumshagunicha qovurish kerak.

Qadam 10
Tugallandi

So'ngra pomidor solib, 7 daqiqa qovuramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qovurilayotgan massaga lapsha solib, yaxshilab aralashtiramiz va yana 10 daqiqa qovuramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Idishga 2 ta tuxum chaqib, tuz sepib, sanchqi yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'ini solib, quymoq qilamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Quymoqni mayda qilib, yoki somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 15
Tugallandi

Tayyor qovurma lag'monni idishga solib, ustiga to'g'ralgan quymoq solamiz va ta'bga ko'ra shivit va ko'k piyoz sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Coca-cola ning Instagramdagi rasmiy sahifasi: https://instagram.com/cocacola_uzbekistan

Coca-cola ning youtube dagi rasmiy sahifasi: https://www.youtube.com/playlist?list=PLCIVZWq1FAwdTbHT6ej15IhB45y40XTEs

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti
150 gramm piyoz
100 gramm qizil sabzi
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm yashil bulg'or qalampiri
350 gramm pomidor
2 ta tuxum
300 gramm lag'mon uchun lapsha
1,5 litr suv
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra zira
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Merengaga ega qumoq pechenye
keyingi
Olmaga ega tvorogli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.