fbpx
Tvorogli krendellar

Tvorogli krendellar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • ustiga sepish uchun

Yo’nalishlar

Tvorogli krendellar – bu bolalikning ta’mi. Nozik, shirin, ozgina nordon ta’m va xushbo’y vanil isiga ega bunday pishiriqlar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Tvorogli xamiridan tayyorlangan pechenyelar har doim mashhur bo’lgan. Kechki choy yoki bir stakan issiq sut bilan ichish uchun ajoyib variant.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 16 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 gramm un
200 gramm tvorog
2 osh qoshiq smetana
3 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga sepish uchun
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Idishga un va qabartma solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga tvorog va smetana solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tvorogli massaga shakar, tuz, yog' va tuxum solib, venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tvorogli massaga unli aralashmani solib, cho'ziluvchan, qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor xamirni 45 gramm keladigan bo'laklarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bo'laklardan semiz bo'lmagan tasmalar yoyib olamiz va tasmaning ikki chetini bir-biriga qaratib, o'rab kelamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shakarni vanil shakari bilan aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor krendelning bir tarafini shakarli aralashmaga botirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Krendellarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 gramm un
200 gramm tvorog
2 osh qoshiq smetana
3 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga sepish uchun
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Videoretsept: «G’oz oyoqlari» pechenyesi
keyingi
Pishloq va ko’katli dangasa pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.