Qatlama xamirdan qiymali ruletchalar
Masalliqlar:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
100 gramm olma
-
100 gramm piyoz
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq xantal
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
1 kilogramm tayyor qatlama xamir
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
ustiga surtish uchun tuxum
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Qatlama xamirdan tayyorlangan qulay va juda tez tayyorlanadigan pishiriq. Ular juda chiroyli bo’lib chiqishi tufayli bemalol bayram dasturxoniga ham tortishingiz mumkin.
Qarsildoq va yumshoq xamirdagi sersuv go’shtli nachinka juda ishtahaochar bo’lib, bunday yegulikni ham issiq, ham sovuq holida iste’mol qilish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 47 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm olma | |
100 gramm piyoz | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 kilogramm tayyor qatlama xamir | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz.
Olmani po'stidan tozalab, qirg'ichdan o'tkazamiz.
Tovaga o'simlik yog'ini quyib, piyoz va sarimsoqpiyozni qizartirib qovurib olamiz va sovutamiz.
Idishga olma, qiyma, xantal, piyozli aralashma, tuz va murch solib, aralashtiramiz.
Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.
Yoyilgan xamirni 7-8 sm qalinlikdagi tasmalarga kesib olamiz.
Tasmaning boshlanishiga 1-1,5 osh qoshiq qiyma solib, rulet shaklida o'raymiz.
Ruletlarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm olma | |
100 gramm piyoz | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 kilogramm tayyor qatlama xamir | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |