fbpx
Batafsil fotoretsept: Gulxonim

Batafsil fotoretsept: Gulxonim

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Bezatish uchun:

Yo’nalishlar

Xonim mazali va to’yimli ovqat bo’lib, lekin bazm-u gaplarda uni tortish birozgina noqulaydir. Lekin bugungi biz tayyorlagan gulxonim dasturxonga faqatgina ko’rk bag’ishlaydi desak adashmagan bo’lamiz.

Gulxonim xamiri va asosi xuddi o’rama xonimdek bo’lib, faqat tashqi ko’rinishi bilangina bir-biridan farq qiladi.

Xonim uchun xamirni qanday tayyorlashni bu yerda ko’rsatib berganmiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
700 gramm un
250-300 millilitr suv xamir holatiga qarab ko'proq yoki kamroq solinadi
1.5 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm qiyma
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Bezatish uchun:
1 bosh piyoz
1 bog' shivit
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir qoramiz va ustini yopib, 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymali asosni tayyorlab olamiz.

Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Sabzi va kartoshkani ham mayda to'rtburchak shaklda to'g'rang.

Qiymaga hammasini solamiz, ziravorlarni sepamiz va o'simlik yog'ini solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tingan xamirni o'qlovda yupqa yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni uzun lentalardek kesib chiqamiz, 10 sm qalinlikda, taxminan 20-25 sm uzunlikda(xamirni uzunligi qancha bo'lsa shuncha uzunlikda bo'ladi).

Qadam 6
Tugallandi

Xamir bo'laklarini alohiha-alohida qo'yib, butun uzunligi bo'yicha teng o'rtasiga qiymali aralashma qo'yib chiqiladi.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni usti va osti qismini birlashtiramiz va bir chetidan boshlab, xuddi ruletdek o'rab chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Mantiqosqonni yog'lab olamiz va gulxonimlarni terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Gulxonimlarni qaynayotgan suv ustiga qo'yamiz va qopqog'ini yopib, 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan taomimizni ko'katlar bilan bezab chiqamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
700 gramm un
250-300 millilitr suv xamir holatiga qarab ko'proq yoki kamroq solinadi
1.5 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm qiyma
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Bezatish uchun:
1 bosh piyoz
1 bog' shivit
oldingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda quymoq pishirish
keyingi
Pigodi – koreyscha taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.