fbpx
Tovuqli pasta

Tovuqli pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq va pomidordan tayyorlanadigan ushbu spagetti uyingizni xushbo’y isga to’ldiradi. Bunday taom o’zining tez tayyorlanishi bilan qulay, qolaversa bunday spagetti parhez tutayotganlarga ham mos keladi.

Ammo funktsional pastadan foydalanish taomni yanada foydali qilishi mumkin – no’xat izolati bo’lgan xamir, bu yog’ massasi miqdorini kamaytirishga yordam beradi va jismoniy kuch paytida tanani qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu pasta parhezni muvozanatlash va taomnomani boyitishga yordam beradi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesi, pomidor va bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yarim halqa shaklida, sarimsoq piyozni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovani qizdirib, o'simlik yog'ini quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

To'g'ralgan tovuq filesini yog'ga solib, paprika sepamiz. Aralashtirib, 5 daqiqa pishiramiz. So'ngra likopchaga olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O'sha tovada sabzavotlarni 1-2 daqiqa pishirib olamiz va tovuq filesi turgan likopchaga olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Spagettini qadog'ida ko'rsatilganidek qaynab turgan ko'p sho'r suvda qaynatib olib, pishganidan so'ng 50 millilitr suvini qoldirib, qolganini to'kib tashlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga sut, spagetti suvi (50 millilitr), teriyaki qaylasi, paprika va tuz solib, aralashtirib turgan holda qaynashini kutamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra qovurilgan sabzavotlar va tovuq filesini solib, aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Spagettini tovaga solib, aralashtiramiz va o'rtacha olovda 10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor spagettini likopchaga suzib, ko'katlar bilan bezatamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

reklama huquqi asosida

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Turshak va yong’oqli pirog
keyingi
Videoretsept: sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.