fbpx
Kefirdan tayyorlangan tuxum va ko’k piyozli pirojkalar

Kefirdan tayyorlangan tuxum va ko’k piyozli pirojkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Kefirdan xamirturushsiz tayyorlangan tuxum va ko’k piyozli pirojkalar. Xamirturushli xamir qilishga vaqt yo’qligida ushbu pirojkalar retsepti yordamga keladi.

Bunday pirojkalarni qovurgan yaxshiroq, ammo gaz pechida pishirsa ham bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 14 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
360 gramm un
250 millilitr kefir
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
nachinkasi uchun
4 ta tuxum
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tuz va shakarni aralashtiramiz

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra kefir va soda solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

3 osh qoshiq o'simlik yog'i va elangan un solib, aralashtiramiz va so'ngra yana 1 osh qoshiq o'simlik yog'i solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni un sepilgan stolga qo'yib, xamir yumshoq bo'lib, qo'lga yopishmay qolgunicha qoramiz.

Maslahat: unni ko'rsatildan miqdordan ko'p solmang.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 120 gramm keladigan bo'laklarga bo'lib, dumaloqlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir dumaloqni unlab 0,5 sm qalinlikda yoyamiz (juda yupqa qilib yoyib yubormang) va nachinka solib, ikki chetini bir-biriga yopishtirib, tugamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Nachinka bir xil yotishi va pirojkalarimiz ingichkaroq bo'lishi uchun ehtiyotkorlik bilan o'qlovda yoyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirojkalarni yaxshilab qizdirilgan yog'da o'rtacha olovda qizargunicha ikki taraflama qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
360 gramm un
250 millilitr kefir
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
nachinkasi uchun
4 ta tuxum
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
oldingi
Videoretsept: ko’katli chepalgash noni
keyingi
Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan jemli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.