fbpx
Videoretsept: olmali shtrudel

Videoretsept: olmali shtrudel

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Olmali shtrudel – bu olma, mayiz va yong’oq qo’shib tayyorlangan juda mazali desert. Bunday noodatiy shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqadi.

Shtrudel qarsildoq xamir va sersuv nachinkaga ega bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
200 gramm un
1 ta tuxum
1 choy qoshiq 10 % li sirka
2 osh qoshiq qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
50 millilitr iliq suv
surtish uchun qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
ustiga sepish uchun shakar upasi
nachinkasi uchun
100 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
4 osh qoshiq maydalangan suxari
100 gramm mayiz
500 gramm nordon olma
100 gramm yong'oq
1 choy qoshiq dolchin
100 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Chuqur idishda un, tuxum, sariyog' va sirkani aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq suv solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni 5 daqiqa yaxshilab qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonka yoki salfetka bilan yopib, xona haroratida 20-30 daqiqaga tindirib qo'yamiz. Xamir yaxshi tinsa, yoyilishi oson bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Olmalarni po'stidan artib, o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mayizni issiq suvga 10 daqiqaga solib qo'yamiz. So'ngra sitaga solib, suvini to'kamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovada sariyog'ni eritib, maydalangan suxari solamiz va 2 daqiqa aralashtirib turgan holda qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Mayiz, yong'oq, dolchin va shakarni suxari qovurilayotgan tovaga solib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Olma solib, aralashtiramiz va 5 daqiqa olmalar sal yumshagunicha qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Nachinkani olovdan olib, ozroq sovutamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni yog'langan stol ustiga qo'yib, o'qlovda ozroq yoyib, so'ngra ehtiyotkorlik bilan qo'lda o'rtasidan boshlab, yonga tortamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni o'rtasidan yonga qarab tortish kerak. Yirtib yubormaslikka harakat qiling. Qalinligi esa xamir deyarli shaffof bo'lishi kerak. Siz birinchi yoygan xamiringiz 3-3,5 baravar kattalashishi kerak.

Qadam 12
Tugallandi

Xamir ustiga nachinka solib, chetlarini esa ochiq qoldiramiz. So'ngra chetlarini ichiga qayiltiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Endi shtrudelni ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o'rab, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Ustiga eritilgan sariyog' surtib, ustini folga bilan yopamiz va 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 15
Tugallandi

So'ngra folgani olib, yana 20-25 daqiqa pishiramiz.

Qadam 16
Tugallandi

Tayyor shtrudelni ozroq sovutib, shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 40 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
200 gramm un
1 ta tuxum
1 choy qoshiq 10 % li sirka
2 osh qoshiq qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
50 millilitr iliq suv
surtish uchun qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
ustiga sepish uchun shakar upasi
nachinkasi uchun
100 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
4 osh qoshiq maydalangan suxari
100 gramm mayiz
500 gramm nordon olma
100 gramm yong'oq
1 choy qoshiq dolchin
100 gramm shakar
oldingi
Videoretsept: go’shtli «Moychechak» bulochkalari
keyingi
Qumoq xamirdan tayyorlangan jem va bezeli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.