fbpx
Videoretsept: oshirma xamirdan mini-pitsalar

Videoretsept: oshirma xamirdan mini-pitsalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Bunday qulay hajmga ega pitsani bolalarga maktabga yegulik sifatida berib yuborishingiz, yoki piknikga o’zingiz bilan olib ketishingiz mumkin.

Mazali va to’yimli mini-pitsalar hosil bo’ladi. Tayyorlab ko’ring va yaqinlaringizni xursand qiling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm un
200 millilitr sut
100 gramm margarin
1 ta tuxum
1 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq quruq xamirturush
asosi uchun
100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm ketchup
300 gramm pomidor
200 gramm bulg'or qalampiri
300 gramm pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz. Sutning ⅓ qismiga shakar, tuz va xamirturush solib, 15 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qolgan sut, tuxum va eritilgan margarinni aralashtirib, oshgan oparani ham solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni issiq joyga 45 daqiqaga olib qo'yamiz,

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz: pomidor, bulg'or qalampiri va kolbasani ingichka bo'laklarga bo'lamiz. Pishloqni qirg'ichdan o'tkazamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 8-10 ta bo'lakka bo'lamiz. Har bir bo'lakni 3 mm qalinlikdagi dumaloq shaklida yoyib olamiz va gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir mini-pitsa ustiga pomidor qaylasi yoki ketchup surtamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosini pitsa ustiga terib, pishloq qo'yamiz va 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm un
200 millilitr sut
100 gramm margarin
1 ta tuxum
1 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq quruq xamirturush
asosi uchun
100 gramm dudlangan kolbasa
100 gramm ketchup
300 gramm pomidor
200 gramm bulg'or qalampiri
300 gramm pishloq
oldingi
Videoretsept: Mandie Pie tayyor aralashmasidan vanilli pankeyklar
keyingi
Videoretsept: «Pavlova» pirojniyi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.