Mandie Pie tayyor aralashmasidan shokoladli maffinlar
Masalliqlar:
-
1 ta pishiriq uchun Mandie Brownie Pie aralashmasi
-
150-170 millilitr iliq sut
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
bezak uchun shokolad bo'laklari
Yo’nalishlar
Siz ushbu maffinlarga uch marotaba oshiq bo’lib qolasiz. Birinchi marta, siz ularning gaz pechidan taralayotgan hidini his etganingizda.
ikkinchisi – ta’mni tatib ko’rganingizda va uchinchisi, ular qanchalik tez tayyorlanishidan hayron bo’lganingizda.
Mandie Pie foydalanishga tayyor aralashmalari tufayli siz shunchaki idish, venchik va vaqtingizning 5-10 daqiqasi yordamida bemalol maffinlar tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta pishiriq uchun Mandie Brownie Pie aralashmasi | |
150-170 millilitr iliq sut | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
bezak uchun shokolad bo'laklari |
Idishga Mandie Pie tayyor aralashmasini solamiz.
Iliq sut solib, aralashtiramiz.
O'simlik yog'ini solib, yana bir bor aralashtiramiz.
Mikser yoki venchik yordamida aralashtirish mumkin. Eng asosiysi ko'p aralashtirib yubormaslik. Masalliqlar aralashib ketgunicha aralashtirsak kifoya.
Qadoq ichidagi qog'oz kapsulalarni olib, keks pishirish uchun mo'ljallangan qoliplarga qo'yib chiqamiz. Qoliplarning 3/4 qismini xamir bilan to'ldiramiz.
Ta'bga ko'ra shokolad bo'laklari yoki yong'oqlar bilan bezatamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagram sahifasi: mandiepiefood
Masalliqlar:
1 ta pishiriq uchun Mandie Brownie Pie aralashmasi | |
150-170 millilitr iliq sut | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
bezak uchun shokolad bo'laklari |