Karamelli rulet
Masalliqlar:
-
biskvit uchun
-
150 gramm tuxum3 ta katta
-
80 gramm shakar
-
80 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
krem uchun
-
170 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
-
150 gramm 15-20 % li smetana
-
100 gramm tvorogli pishloq
Yo’nalishlar
Siz yengil va yumshoq narsani xohlaysizmi? Buni yechimi bor! Karamelli rulet tayyorlang.
Ushbu retsept bo’yicha tayyorlangan rulet oson tayyorlanib, o’zining ajoyib ta’mi bilan oila a’zolaringizni xursand qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
biskvit uchun |
|
150 gramm tuxum | |
80 gramm shakar | |
80 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
krem uchun |
|
170 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
150 gramm 15-20 % li smetana | |
100 gramm tvorogli pishloq |
Biskvit tayyorlaymiz. Tuxumlarni bir chimdim tuz bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ozroqdan shakar solib, yana 5 daqiqa ko'pirtiramiz. Massa 2-3 martaga ko'payishi kerak.
Ko'pirtirilgan massaga un solib, silikon lopata yordamida, massa puchayib qolmasligi uchun tepadan pastga harakatlar bilan aralashtiramiz.
Xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz va xamir qalinligi 1 sm bo'lishi uchun tekkislab chiqamiz.
Ruletni 170 C darajada qizdirilgan gaz pechida pishgunicha 5-8 daqiqa pishirib olamiz.
Kremi uchun tvorogli pishloqni qaynatilgan quyiltirilgan sut bilan yaxshilab ko'pirtiramiz. Smetana solib, aralashtiramiz.
Tayyor bo'lgan biskvitni 10-15 daqiqa sovutamiz.
Biskvit yonlarini kesib, karamelli krem surtamiz. Krem yarimini bezak uchun olib qo'yamiz.
Biskvitni rulet shaklida o'raymiz. Tayyor ruletni yopishqoq plyonka yoki pergament qog'oziga o'rab, 2 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Masalliqlar:
biskvit uchun |
|
150 gramm tuxum | |
80 gramm shakar | |
80 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
krem uchun |
|
170 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
150 gramm 15-20 % li smetana | |
100 gramm tvorogli pishloq |