Videoretsept: lavashdan tayyorlangan tvorog va ko’katli chudu
Masalliqlar:
-
2 dona lavash xamiri
-
250 gramm tvorog
-
1 ta tuxum
-
30 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"eritilgan
-
60 gramm istalgan ko'katlar
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Sizlar bilan Dog’istonning mashhur taomlaridan bo’lmish – chuduning soddalashtirilgan varianti retsepti bilan bo’lishamiz. Uni lavash xamiridan tayyorlaymiz, juda mazali chiqadi.
Sizga hech qanday maxsus ko’nikmalarni keragi bo’lmaydi, barchasi oson va oddiy, lavash xamirini esa istalgan supermarketlardan topishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 12 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 dona lavash xamiri | |
250 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
30 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
60 gramm istalgan ko'katlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Ko'katlarni mayda to'g'rab, tvorog bilan aralashtiramiz.
Tuxum, eritilgan sariyog', tuz va murch solamiz. Yaxshilab aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.
Lavash xamirini to'g'ri to'rtburchak shaklida kesib, bir chetiga tvorogli massani yaxshilab surtib chiqamiz. Bo'sh joyi qolmasligi kerak.
Ustini lavashning ikkinchi tomoni bilan yopib, qo'lda ezib qo'yamiz.
Chudularni quruq tovada ikki taraflama tahminan 2-3 daqiqadan qizartirib olamiz. Likopchaga olib, yaxshilab yog'laymiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
2 dona lavash xamiri | |
250 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
30 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
60 gramm istalgan ko'katlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |