Videoretsept: shokolad pastali kraffinlar
Masalliqlar:
-
150 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
-
1 o'ram xamirturushli qatlama xamir
-
30 gramm maydalangan yong'oqhoxushga qarab
-
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Bunday kraffinlar – choyxo’rlik uchun ajoyib variant. Sizga kerak bo’ladigan masalliqlar – shokolad pastasi, tayyor xamir va ozroq vaqt.
Agar uyingizga kutilmaganda mehmon kelib qolsa-yu, choy ichishga shirinligingiz bo’lmasa, unda albatta mana shu kraffinlarni tayyorlang.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
150 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta | |
1 o'ram xamirturushli qatlama xamir | |
30 gramm maydalangan yong'oq | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |
Xamirni 0,3-0,4 mm qalinlikda to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.
Xamirning teng yarimiga yumshoq shokolad pastasini surtib, yong'oq sepamiz.
Xamirni ikkiga buklaymiz va qo'lda ozroq bosib chiqamiz.
2,5 santimetr kenglikdagi chiziqlarga kesib olamiz.
Har bir chiziqlarni 3-4 marotaba aylantirib, so'ngra o'zaro o'rab qo'yamiz va maffinlarga mo'ljallangan qoliplarga joylashtiramiz. Ustiga tuxum sarig'ini surtamiz.
Agar unday qoliplar bo'lmasa, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirsa ham bo'ladi. Shunda shokolad pastali bulochkalar hosil bo'ladi.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz
Masalliqlar:
150 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta | |
1 o'ram xamirturushli qatlama xamir | |
30 gramm maydalangan yong'oq | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |