Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
280 gramm un
-
200 gramm tvorog
-
1 ta tuxum
-
70 gramm shakar
-
7 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
10 gramm qabartma (razrixlitel)
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
asosiga
-
250 gramm danagidan tozalangan olcha
-
1,5 osh qoshiq kraxmal
-
2 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq dolchinta'bga ko'ra
Yo’nalishlar
Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o’ramalar – sizni qalbingizni zabt etishi aniq. Ular tez va oson tayyorlanadi.
Aytgancha, bunday o’ramalarni istalgan meva va rezavor mevalar bilan tayyorlash mumkin.
Maslahat: agar vaqtingiz juda oz bo’lsa, o’ramalarni tayyor qatlama xamirdan tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
280 gramm un | |
200 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
70 gramm shakar | |
7 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
asosiga |
|
250 gramm danagidan tozalangan olcha | |
1,5 osh qoshiq kraxmal | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin |
Tvorogni blender yordamida shakar bilan maydalab olamiz.
Bir chimdim tuz, vanil shakari solib, tuxum chaqamiz va o'simlik yog'i quyamiz. Barchasini yaxshilab aralashtiramiz.
Un va qabartma solib, yumshoq xamir qoramiz.
So'ngra ustiga ozroq un sepish mumkin. Asosiysi xamirga ko'p un solib yubormaslik kerak. Xamir juda juda yumshoq bo'lishi muhim.
Xamirni yopishqoq plyonka bilan o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Olchani tozalab, shakar, kraxmal va dolchin solib, aralashtiramiz.
Xamirni muzlatgichdan olib, 4 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz. Xar bir bo'lakni dumaloq shaklida yoyib, 4 ga bo'lamiz.
Asos ustini avval xamirning birinchi tomoni bilan, so'ngra ikkinchi tomoni bilan yopamiz. Pishirig'imizning pastgi keng tarafini yaxshilab yopishtiramiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
280 gramm un | |
200 gramm tvorog | |
1 ta tuxum | |
70 gramm shakar | |
7 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
asosiga |
|
250 gramm danagidan tozalangan olcha | |
1,5 osh qoshiq kraxmal | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin |