Videoretsept: tovada pishirilgan pishloqli xachapuri
Masalliqlar:
-
xamir uchun
-
125 millilitr kefir
-
125 millilitr smetana
-
300 gramm un
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq shakar
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
-
asosiga
-
350 gramm suluguni yoki motsarella pishlog'i
-
2 osh qoshiq smetana
-
25 gramm margarin
-
ta'bga ko'ra tuz
Yo’nalishlar
Gruzin oshxonasining taomlari butun dunyoga taniqli bo’lib, uning taomlarini barcha sevib iste’mol qiladi.
Tez tayyor bo’ladigan shakarsiz pishiriqlarni yoqtiradiganlar uchun tovada pishirilgan pishloqli xachapuri retseptini taqdim etamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 38 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
125 millilitr kefir | |
125 millilitr smetana | |
300 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
asosiga |
|
350 gramm suluguni yoki motsarella pishlog'i | |
2 osh qoshiq smetana | |
25 gramm margarin | |
ta'bga ko'ra tuz |
Kefirni smetana bilan aralashtirib, tuz, shakar va iste'mol sodasini qo'shamiz.
Eritilgan margarin qo'shib, massa ko'pirgunicha aralashtiramiz.
Oz-ozdan un solib, yumshoq, qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, yumshagan margarin yoki sariyog', smetana va tuz(agar pishloq yetarlicha tuzli bo'lmasa) solamiz.
Xamirni 4 ta bo'lakga bo'lib, unlangan stolda xamir bo'lagini non shaklida yoyib olamiz. Xamir yumshoq bo'lgani uchun uni bemalol qo'lda yoysa ham bo'ladi. Yoyilgan xamir qalinligi tahminan 1 sm bo'lishi kerak.
Xamirning o'rtasiga asosning ¼ qismini qo'yib, chetlarini yig'ib, qopcha shakliga keltiramiz.
Tugilgan joyini pastga qaratib, ustidan qo'lda yoki jovada 1-1,5 qalinlikda yoyamiz.
Nonlarni quruq tovada ikki taraflama tova qopqog'ini yopgan holda qizartirib qovurib olamiz.
Tayyor xachapurilarni sariyog' bilan yog'lab dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
125 millilitr kefir | |
125 millilitr smetana | |
300 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
asosiga |
|
350 gramm suluguni yoki motsarella pishlog'i | |
2 osh qoshiq smetana | |
25 gramm margarin | |
ta'bga ko'ra tuz |