fbpx
Videoretsept: sosiska va pishloqli pitsa

Videoretsept: sosiska va pishloqli pitsa

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Ushbu qarsildoq uyda tayyorlangan pitsani kattayu kichik birdek yaxshi ko’radi va uni tanovvul qilishdan xech qachon bosh tortishmaydi. Sosiskali pitsa juda oson tayyor bo’lib, har doim xushbo’y va sersuv bo’lib pishadi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm un
2 choy qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
250 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq zaytun moyi
asosiga
200 gramm sosiska
250-300 gramm pomidor
200 gramm motsarella pishlog'i
3 osh qoshiq ketchup
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Illiq suv, zaytun moyi, tuz, shakar va xamirturushni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unimizga xamirturushli aralashmani qo'shib, xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka yoki sochiq bilan yopib, issiq joyga 40-50 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asos tayyorlaymiz.:

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, sosiska va pomidorni ingichka bo'laklarga kesamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 3 ta bir xil bo'laklarga bo'lib, ularga dumaloq shakil beramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Stol ustiga un sepib, xamir bo'lagini 0,7-0,3 santimetr qalinlikda, doira shaklida yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni un sepilgan yoki pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisi yoki qolipga joylashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustiga ketchup suritib, ozgina pishloq qo'yamiz va pomidorlarni terib chiqamiz. So'ngra sosiskalarni terib, orqasidan yana pishloq qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

200-220 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirning boshqa bo'laklaridan ham pitsa yasaymiz. Asosini doimo o'z ta'bingizga qarab o'zgartirishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida

  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm un
2 choy qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
250 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq zaytun moyi
asosiga
200 gramm sosiska
250-300 gramm pomidor
200 gramm motsarella pishlog'i
3 osh qoshiq ketchup
oldingi
Videoretsept: tovada pishirilgan pishloqli xachapuri
keyingi
Qaynagan suvdan tayyorlangan shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.