fbpx
Tovuq go’shtidan chaxoxbili

Tovuq go’shtidan chaxoxbili

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Chaxoxbili gruzin oshxonasining eng zo’r taomlaridan biridir. Tayyorlanish  jarayoni oson bo’lishiga qaramay, u har doim mazali va xushbo’y bo’lib pishadi.
    Oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun mos keladigan ajoyib sersuv taom.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. *
    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    1,5 kilogramm tovuq sonlari yoki tovuqning boshqa qismini olishingiz mumkin
    1 kilogramm pomidor
    500-600 gramm piyoz
    50 millilitr o'simlik yog'i
    1 choy qoshiq sariyog'
    5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    1 bog' kashnich
    1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
    1 choy qoshiq adjika
    ta'bga ko'ra tuz
    Qadam 1
    Tugallandi

    Har bitta tovuq sonini ikkiga bo'lamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Qozonda o'simlik yog'ini qizdirib, tovuq sonlarini qizartirib, qovurib olamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Tovuq go'shtiga yarim dumaloq shaklida to'g'ralgan piyozni solib, hammasini birgalikda yana 3-5 daqiqa qovuramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    So'ngra ustidan o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'ralgan pomidorni solamiz. Iloji boricha pomidorni po'stidan tozalab solgan yaxshiroq.
    Barcha ziravorlar va sariyog'ni solamiz.
    Yaxshilab aralshtirib, qozon qopqog'ini yopgan holda, o'rtacha olovda 20-25 daqiqa pishiramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Tayyor bo'lishidan 3 daqiqa oldin maydalangan sarimsoqpiyoz va kashnichni solib, aralashtiramiz.
    3 daqiqadan so'ng olovni o'chirib, taomni 10 daqiqaga qopqog'i yopiq holda qoldiramiz.
    Yoqimli ishtaha!

    • 50 daqiqa
    • Portsiya 5
    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    1,5 kilogramm tovuq sonlari yoki tovuqning boshqa qismini olishingiz mumkin
    1 kilogramm pomidor
    500-600 gramm piyoz
    50 millilitr o'simlik yog'i
    1 choy qoshiq sariyog'
    5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    1 bog' kashnich
    1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
    1 choy qoshiq adjika
    ta'bga ko'ra tuz
    oldingi
    Videoretsept: shokolad pastasili pankeyklar
    keyingi
    Videoretsept: gaz pechida pishirilgan go’shtli belyashilar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.