fbpx
Videoretsept: Tovuq va ismaloqli fitir

Videoretsept: Tovuq va ismaloqli fitir

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Asosiga

Yo’nalishlar

Juda mazali va sersuv pirog. Ushbu pirogning retsepti juda osonligi tufayli uni tayyorlash sizga yoqishi aniq.

Asosini o’zingizning ta’bingizga qarab, o’zgartirishingiz mumkin.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
500 gramm un
0,5 choy qoshiq xamirturush
0,5 choy qoshiq tuz
250 gramm sut
2 ta tuxum
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
Asosiga
500 gramm tovuq go'shti
1 bog' ismaloq
150 gramm piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Unga tuz, xamirturush, tuxum va sut solib, xamir qoramiz. Va 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni ikki bo'lakga bo'lib, dumaloq shakliga keltiramiz va yana 10 daqiqaga ustini yopib, tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ikkala xamirni ham 2-3 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan eritilgan margarinni suritamiz. Va o'rab, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Ismaloq va piyozni tovada 30 ml o'simlik yog'ini quyib 5-7 daqiqa yumshagunicha pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovuq sonlarini o'rtaсha to'rtburchak shaklida to'g'rab, ismaloq va piyoz bilan aralashtirib, tuz va murch sepib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Birinchi rulet shaklidagi xamirni 2 mm qalinlikda yoyib, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustidan tovuqli asosni qo'yib, ikkinchi ruletni ham yoyib, asos ustini yopamiz. Yonlarini yopib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum suritib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida

  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
500 gramm un
0,5 choy qoshiq xamirturush
0,5 choy qoshiq tuz
250 gramm sut
2 ta tuxum
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
Asosiga
500 gramm tovuq go'shti
1 bog' ismaloq
150 gramm piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan shokoladli tort
keyingi
Videoretsept: qovurilgan mantilar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.