fbpx
Pishloq va tuxumli ochiq pirog

Pishloq va tuxumli ochiq pirog

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Pitsaga o’xshaydigan pishloq,tuxum va ko’k piyozli oddiy pirog. Ushbu pirogni yakshanba nonushtasi yoki istalgan kunda kechki ovqat uchun tayyorlash mumkin.

Bu pirogni oshpazlikdan habari yo’q odam ham tayyorlay oladi, shunga qaramay uning ta’mi tayyorlanishi murakkab bo’lgan piroglardan qolishmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
200 gramm un
100 gramm margarin yoki sariyog'
4 osh qoshiq suv
bir chimdim tuz
asosiga
100 gramm pishloq
4 ta tuxum
2 osh qoshiq kefir yoki shakarsiz yogurt
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Un, sariyog' va tuzni aralshtirib, un holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sovuq suv solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni dumaloq shakliga keltirib, paketga solib, muzlatgichga 30 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz.

Pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

3 ta tuxumni qaynatib olib, mayda qilib to'g'raymiz. Ko'k piyozni ham mayda to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishloq, mayda to'g'ralgan tuxum va ko'k piyozni aralashtiramiz. Ustidan kefir va xom tuxumni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni olib, dumaloq shaklida 3 millimetr qalinlikda yoyib olamiz. Ichiga asosni solib, yonlarini yopib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirog chetlariga tuxum sarig'ini suritib, kunjut sepamiz va 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
200 gramm un
100 gramm margarin yoki sariyog'
4 osh qoshiq suv
bir chimdim tuz
asosiga
100 gramm pishloq
4 ta tuxum
2 osh qoshiq kefir yoki shakarsiz yogurt
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga ko'ra tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Qurabiya pechenyelari
keyingi
Videoretsept: bakrabaliqdan steyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.