fbpx
Pulyar quymog’i

Pulyar quymog’i

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pulyar quymog’i – bu eng oddiy va tanish ingredientlardan ham g’ayrioddiy va chiroyli taom tayyorlashingiz mumkinligini tasdiqlaydigan ajoyib taom.
Quymoq juda mazali va yengil bo’lib pishadi va eng asosiysi uni tayyorlash juda oson. 

Tayyor taomning taxminiy narxi-5000 so'm. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tuxum
30 gramm sut
bir chimdim sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga ko'ra tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni yuvamiz. Chaqib, sarig'ini oqidan ajratamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum sarig'iga sut qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum oqiga tuz va ta'bga ko'ra sarimsoqpiyoz kukunini qo'shamiz va tuxum oqi qotgunicha aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovani qizdirib, o'simlik yog'ini quyamiz va ustidan tuxum sarig'ili massani quyamiz. Tahminan 20-30 soniyadan so'ng, quymoq tagini berganidan so'ng, ustidan ehtiyotkorlik bilan tuxum oqili massani quyamiz va yonlarini to'g'irlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovani ustini yopib, o'rtachadan pastroq olovda tahminan 8-10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan quymoqni o'rtasidan kesib, ustma-ust qilib qo'yamiz. Pulyar quymog'i tayyor.
Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tuxum
30 gramm sut
bir chimdim sarimsoqpiyoz kukuni
ta'bga ko'ra tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i

Nutritional information

145 kkal
100 gramm uchun kaloriya
12 gr
Oqsil
10 gr
Yog'lar
1 gr
Uglevodlar
oldingi
Asal va xantal solingan vinegret salati
keyingi
Videoretsept: tez tayyorlanadigan tvorogli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.