Qurabiya pechenyelari
Masalliqlar:
-
250 gramm un
-
200 gramm sariyog'
-
50 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Shubhasiz, hammamiz qurabiya pechenyelari haqida eshitganmiz va uni turli xil retseptlar yordamida tayyorlab ko’rganmiz.
Bugun siz bilan bo’lishmoqchi bo’lgan qurabiya pechenyesi eng oson tayyorlanadigan va kam mahsulot talab qiladigan retseptga ega desak ham bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 19 000*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Idishga un solib, ustiga xona haroratidagi sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz. Qo'lda aralashtirib, xamir qoramiz.
Hosil bo'lgan xamirni paketga solib, 15-20 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.
Muzlatgichdan xamirni olib, uni 0,5-0,7 santimetr qalinlikda yoyib olamiz. So'ngra istalgan shaklchalar orqali pechenyelarni kesib olamiz.
Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo'yamiz.