«Alfredo» qaylali pasta
Masalliqlar:
-
400 gramm xohlagan turdagi pastamasalan: fettuchuni yiki talyatelle
-
300 millilitr yog'li qaymoq
-
20 gramm sariyog'
-
100 gramm parmezan pishlog'iyoki xohlagan sifatli qattiq pishloq
-
1 tishcha sarimsoqpiyozyoki sarimsoqpiyoz kukuni
-
yarim bog' petrushka
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Pishloq o’shib tayyorlangan Alfredo qaylali pasta Amerikadagi eng sevimli italyancha pastalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bu taom gollivud yulduzlarinining ko’nglidan joy olgan.
Bu taom juda to’yimli bo’lib, bu ovqatni yeb kun bo’yi to’q yurasiz. Betakror ta’mga ega bu taomni albatta tayyorlab ko’ring va biz bilan birga italiya oshxonasiga sayohat qiling.
Masalliqlar:
400 gramm xohlagan turdagi pasta | |
300 millilitr yog'li qaymoq | |
20 gramm sariyog' | |
100 gramm parmezan pishlog'i | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
yarim bog' petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Bu ovqatni tayyorlashda qayla bilan pastani bir vaqtda tayyorlash juda katta ahamiyatga ega.
Pishloqni qirg'ichning kichkina tishchasidan o'tkazamiz va chetga olib qo'yamiz.
Sariyog'ni tovaga solib eritib olamiz.
Sariyog' ustidan sarimsoqpiyozni suvini siqib chiqaramiz.
Ehtiyot bo'ling, sariyog' bilan sarimsoqpiyozni kuydirib yubormang, biroz qizdirib olsangiz yetadi.
Sariyog' ustidan qaymoqni solib, sal quyuqlashgunicha taxminan 5 daqiqa davomida qaynatiladi.
Qayla quyuqlashni boshlaganda pishloqni ustidan solamiz. Agar pishloq sifatli bo'lsa, u darhol eriydi.
Bezatish uchun pishloqdan ozroq olib qo'ying.
Ta'tib ko'ring, ehtiyojga qarab tuz va murch qo'shing.
Olovni pasaytirib, kovlab turamiz.
Lapshani al-dente usulida qaynatib olamiz, ya'ni usti yumshoq, ichi esa biroz qattiqroq, yaxshi pishmagan bo'ladi.
Pishgan lapshani chovliga solib suvidan xalos qilamiz, faqatgina 1 piyola suvini olib qo'yamiz.
Agarda qayla juda quyuq bo'lsa, unda ta'bga qarab lapsha qaynagan suvdan qo'shing.
Pastani tovadagi qaymoq-pishloqli qayla ustiga solamiz, ustidan to'g'ralgan petrushka solib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor ovqatni dasturxonga tortishingiz mumkin!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm xohlagan turdagi pasta | |
300 millilitr yog'li qaymoq | |
20 gramm sariyog' | |
100 gramm parmezan pishlog'i | |
1 tishcha sarimsoqpiyoz | |
yarim bog' petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch |