Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet
Masalliqlar:
-
700 gramm mol go'shti
-
50 gramm quritilgan olxo'ri
-
50 gramm turshak
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Go’sht va quritilgan mevalarning uyg’unlashgani ushbu taomga o’ziga xoslikni beradi.
Quritilgan mevalar go’shtga nozik shirin ta’m va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 80 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
700 gramm mol go'shti | |
50 gramm quritilgan olxo'ri | |
50 gramm turshak | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Go'shtni kaltaklab, tuz va murch sepamiz.
Quritilgan mevalarni kichik to'rtburchak shaklida to'g'rab, go'shtni ustiga qo'yamiz.
Go'shtni rulet shaklida o'raymiz, ochilib, quritilgan mevalar tushib ketmasligi uchun ip bilan bog'laymiz. Ruletni streych plyonka bilan o'rab olamiz va muzlatgichga 30 daqiqaga qo'yamiz.
Tovada o'simlik yog'ini qizdirib, ruletni ikki taraflama qovurib olamiz. So'ngra gaz pechiga 180 darajaga 12-15 daqiqaga qo'yamiz.
Masalliqlar:
700 gramm mol go'shti | |
50 gramm quritilgan olxo'ri | |
50 gramm turshak | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |