fbpx
Tayoqchali merenga bezesi

Tayoqchali merenga bezesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hozirda bolalar uchun mo’ljallangan bayram stolini (kendi-bar) tayoqchali merenga bezesisiz tasavvur qilish qiyin.  Merengalar yana tortlar uchun ham ajoyib bezak bo’la oladi.

Umuman olganda bu shirinlikni qandolatchilar uchun haqiqiy topilma desak bo’ladi. Ular tayyorlanish jihatidan oson, lekin o’z qonun qoidalariga ega.

Hozirgi retseptda biz shvetsariya merengasi tayyorlanishini bosqichma bosqich ko’rsatamiz.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 7 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm tuxum oqi
170 gramm shakar
30 gramm shakar upasi
ta'bga ko'ra oziq-ovqat bo'yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum sarig'ini oqidan ajratamiz. Tarozi yordamida 100 gramm tuxum oqini o'lchab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqiga 170 gramm shakar solib, suvli hammomga qo'yamiz (idishning tagi suvga tegmasligi kerak) shakar eriguniga qadar aralashtirib turamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mikser yordamida tuxum oqini baland tezlikda 6-7 daqiqa qattiq holga kelgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shakar upasi solib, yana 1 daqiqa aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan massani ikkiga bo'lib, har biriga oziq-ovqat bo'yog'ini solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan tuxum oqlarini ikki xil qandolat qopchalariga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Boshqa qandolat qopchasini olib, unga yopiq yulduz shaklidagi krem quyish moslamasini o'rnatamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Merenga solingan qopchalarni uchini kesib, 2 ta qopchani ham moslama o'rnatilgan qopchaning ichiga qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplab, unga diametri 5-7 santimetr bo'lgan doira shaklidagi merengalarni quyib chiqamiz. Har bir doiralarga taxta tayoqchalar qo'yib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Merengalarni gaz pechiga 80-100 darajadagi haroratga 2 soatga qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 5
  • O’rtacha
  • 80-100

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm tuxum oqi
170 gramm shakar
30 gramm shakar upasi
ta'bga ko'ra oziq-ovqat bo'yog'i
oldingi
Qaymoqli qaylada pishgan tovuq filesi
keyingi
Qovurma sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.