Qo’ziqorinli krem-sho’rva
Masalliqlar:
-
300 gramm shampinyon
-
150 gramm qaynatilgan kartoshka
-
50 gramm piyoz
-
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
150 millilitr sut
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Qo’ziqorinli sho’rva qanday tayyorlanadi? Juda oddiy. Ko’rsatmalarga rioya qiling va siz, albatta, yaqinlaringizni xursand qiladigan nozik krem sho’rva tayyorlaysiz.
Tayyor taomning taxminiy qiymati- 40 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
*Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm shampinyon | |
150 gramm qaynatilgan kartoshka | |
50 gramm piyoz | |
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
150 millilitr sut | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Shampinyonlarni o'zimizga qulay bo'lgan shaklda to'g'rab olamiz.
Piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Qaynatilgan kartoshkani o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Qizib turgan tovaga o'simlik yog'i quyib, piyozni o'rtacha olovda yumshab shaffof tusga kirgunicha qovurib olamiz.
So'ngra qo'ziqorin solib 3-4 daqiqa qovuramiz.
Ustidan kartoshka solib yana 2-3 daqiqa pishiramiz.
So'ngra qaymoq va sut quyib qaynatamiz va ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz. 5-6 daqiqa quyulguniga qadar past olovda pishiramiz.
Masalliqlar:
300 gramm shampinyon | |
150 gramm qaynatilgan kartoshka | |
50 gramm piyoz | |
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
150 millilitr sut | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |