Asalli nok bilan pishirilgan tovuq go’shti
Masalliqlar:
-
1 kilogramm tovuq sonlari
-
100 gramm piyoz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq un
-
0,5 choy qoshiq za'faron
-
100 millilitr issiq suv
-
150 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
-
bir chimdim dolchin
-
4 ta nok
-
15 gramm sariyog'
-
1 osh qoshiq asal
-
1-2 ta lavr yaprog'i
Yo’nalishlar
Oddiy tovuqni ham xushbo’y va mazali pishirish mumkin.
Bunday yumshoq pishgan tovuq faqatgina bayram stolingizni bezabgina qolmay, barchaga bayram shukuhini ham ulashadi. Ammo, agar istasangiz ushbu taomni har kunlik taomnomangizga qo’shib, yaqinlaringiz bilan baham ko’rishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi 57 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq sonlari | |
100 gramm piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq un | |
0,5 choy qoshiq za'faron | |
100 millilitr issiq suv | |
150 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
bir chimdim dolchin | |
4 ta nok | |
15 gramm sariyog' | |
1 osh qoshiq asal | |
1-2 ta lavr yaprog'i |
Tovuq go'shtini suyagidan ajratib olamiz, suyaklaridan bulyon tayyorlaymiz.
Tovuq sonlarini 2 bo'lakka bo'lib olamiz.
Tovuq sonlarini o'rtacha olovda, o'simlik yog'ida ikki taraflama qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Tovadan suzib olamiz.
Idishga za'faronnisepib, ustidan 100 millilitr issiq suv quyib, tindirib qo'yamiz.
Tovuq sonlarini qovurgan tovamizda qayla tayyorlaymiz.
Buning uchun mayda to'g'ralgan piyozni yumshaguniga qadar qovurib olamiz. Un qo'shib, tez va yaxshilab aralashtiramiz. Un va piyozni 1-2 daqiqa qovuramiz. Keyin esa unga za'faronli suv va bulyon qo'shamiz.
Dolchin, lavr yaprog'i, tuz va murch bilan ta'm kiritamiz va 3-5 daqiqa qaynatamiz.
So'ngra chuqur qolipga pishirish uchun suzib olamiz.
Nokni 4 bo'lakka bo'lib, urug'idan tozalaymiz.
Tovada sariyog'ni eritib, unga asal solamiz va hosil bo'lgan qaylada noklarni oltin tusga kirguniga qadar pishirib olamiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq sonlari | |
100 gramm piyoz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq un | |
0,5 choy qoshiq za'faron | |
100 millilitr issiq suv | |
150 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
bir chimdim dolchin | |
4 ta nok | |
15 gramm sariyog' | |
1 osh qoshiq asal | |
1-2 ta lavr yaprog'i |