fbpx
Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq

Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baliq, sabzavotlar va folga qog’ozi – tez va shu bilan birga foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash mumkin bo’lgan taomga kerakli mahsulotlar shular hisoblanadi.

Buning uchun Siz quyidagi sabzavotlar va aynan shu baliqdan foydalinishingz shart bo’lmay, xohlagan mahsulotlaringizdan bemalol ishlataversangiz ham bo’ladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

250-300 gramm sudak balig'i filesi
bittadan har xil rangli bulg'or qalampiri
100 gramm baqlajon
150 gramm qovoqcha
100 gramm pomidor cherry
50 gramm shampinyon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta shoxcha rozmarin
ta'bga qarab tuz va murch
1 ta limon
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Baliq filesiga tuz va murch sepamiz, limon sharbatidan sepamiz. 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ozroq qizigan yog'da baliq har bir tomonini 2 daqiqadan qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni katta-katta to'g'rab olamiz. Limon sharbati va o'simlik yog'idan sepamiz. Tuz va murchini rostlaymiz. Rozmarinni ham mayda to'g'rab solamiz va hammasini yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qizigan quruq tovaga sabzavotlarni solamiz va 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz. Gazdan olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pech patnisiga folga qog'ozni ikki qavat qilib to'shaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Folga qog'ozi ustidan sabzavotlarni, sabzavotlar ustidan esa baliq filesini qo'yamiz. Masalliqlarni yaxshilab folga qog'ozi bilan o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pech patnisiga bir stakan suv quyamiz va 180-190 C darajada qizdirilgan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Baliqni folgasining o'zida dasturxonga tortsak ham bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250-300 gramm sudak balig'i filesi
bittadan har xil rangli bulg'or qalampiri
100 gramm baqlajon
150 gramm qovoqcha
100 gramm pomidor cherry
50 gramm shampinyon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta shoxcha rozmarin
ta'bga qarab tuz va murch
1 ta limon
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qaymoqli bulyonda pishirilgan chuchvara
keyingi
Dolchinli «Garmoshka» pirogi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.