Videoretsept: baliqli pirog va olmali «scone»lar
Masalliqlar:
-
Baliqli pirog uchun:
-
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
-
500-600 gramm baliq filesi
-
150 gramm piyoz
-
250 gramm bulg'or qalampiri
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
Olmali "scone"lar uchun:
-
3-4 ta shirin-nordon ta'mli olma
-
350 gramm un
-
180 gramm shakar
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq dolchin
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
110 gramm yumshatilgan sariyog'
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Bugun bir vaqtning o’zida ikki xil mazali pishiriqlar: baliqli pirog va olma inglizcha «scone» lar, ya’ni kichik hajmli pishiriqlardan tayyorlaymiz.
Agar ularni Dual Cook funksiyali pechda pishirsak, shunda bir vaqtning o’zida mehmonlar kelishiga bir necha xil yeguliklarni tayyorlab olishga bemalol ulguramiz.
Masalliqlar:
Baliqli pirog uchun: |
|
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
500-600 gramm baliq filesi | |
150 gramm piyoz | |
250 gramm bulg'or qalampiri | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
Olmali "scone"lar uchun: |
|
3-4 ta shirin-nordon ta'mli olma | |
350 gramm un | |
180 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
110 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz |
Baliqli pirog pishiramiz
Tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz. Yarim halqa qilib to'g'ralgan piyozni solib, bir necha daqiqa qovuramiz.
So'ng bulg'or qalampirlarini ham to'g'rab, piyoz bilan birga qovurib olamiz.
Tayyor xamirni olib, 3 mm yupqalikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz. Pergament qog'oz ustiga olamiz.
So'ng 10 sm uzunlikda to'g'ralgan baliq filesini xamirning o'rtasidan terib chiqamiz.
Baliq ustidan qovurilgan sabzavotlarni solamiz.
Xamirning tepa qismini kesmasdan shunchaki bir-birining ustini yopib chiqamiz. Shunda baliqning "burni" hosil bo'ladi.
Xamirning ikkita chetki qismidan bir nechta lentalar kesib chiqamiz. Va shu lentalarni avval bittasini 45° darajada buklaymiz. Qarama-qarshisidagi xamir bo'lagini bu bo'lak ustidan yopamiz. Shu ko'rinishda xamirga baliq shaklini beramiz. Pastki xamirga esa baliq dumi shaklini beramiz.
Xamir ustidan tuxum sarig'i surtamiz va kunjut sepamiz.
Olmali "scone"lar pishiramiz
Tog'orachaga un, qabartma, shakar, vanil shakari, dolchin va tuzni solib aralashtirib olamiz.
Yumshoq sariyog' va qirg'ichdan chiqarilgan olmalarni ham solib, xamir qorib olamiz.
Muhim! Xamir juda yumshoq va qo'lga yopishqoq bo'lib chiqadi. Ularga ko'proq un solishga urinmang, aks holda pechenyelar qattiq bo'lib pishadi.
Pergament qog'oz ustiga un sepib, xamirni 2-3 ga bo'lamiz. Un ustiga qo'yib, qo'lda 1 sm qalinlikka kirgunicha yoyamiz.
Pichoqni unga bulg'ab olamiz va yoyilgan xamirlarni 6-8 qismga kesib chiqamiz. Xamir bo'laklari pishish jarayonida yopishmasligi uchun orasi uzoqroq qilamiz.
Dual Cook funksiyali pechda bir vaqtning o'zida 2 xil yegulikdan tayyorlash mumkin bo'lib, bir-birning hidi aralashib ketmaydi.
Baliqli pirogni 180 С darajada 40-45 daqiqada pishirsak, olmali "scone"larni esa 200 С da 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: samsunguzbekistan
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @SamsungUzbekistan
Masalliqlar:
Baliqli pirog uchun: |
|
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
500-600 gramm baliq filesi | |
150 gramm piyoz | |
250 gramm bulg'or qalampiri | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
Olmali "scone"lar uchun: |
|
3-4 ta shirin-nordon ta'mli olma | |
350 gramm un | |
180 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
110 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz |