Videoretsept: Qatlamali xamirdan qilingan tovuq va qo’ziqorinli somsa
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
1 kilo un
-
430 millilitr suv
-
30 gramm tuz
-
1 dona tuxum
-
150-200 gramm margarin
-
Qiymasiga:
-
800 gramm tovuq filesi
-
200 gramm pomidor
-
600 gramm shampinyon
-
400 gramm piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Bugun qatlamali xamirli somsalarga noodatiy qiyma, ya’ni tovuq va qo’ziqorindan solib pishirishga qaror qildik. Va bunday ajoyib ta’mli somsalar barchaga birdek yoqishiga ishonamiz.
Quyidagi masalliqlardan taxminan 30 dan ortiq somsalar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 kilo un | |
430 millilitr suv | |
30 gramm tuz | |
1 dona tuxum | |
150-200 gramm margarin | |
Qiymasiga: |
|
800 gramm tovuq filesi | |
200 gramm pomidor | |
600 gramm shampinyon | |
400 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Xamir qorib olamiz
Unni elab olamiz va ustidan suv, tuz, tuxumni solamiz. Qattiqroq xamir qorib olamiz. So'ng yelim xaltaga solib, tindirib qo'yamiz.
Har 15 daqiqada xamirni 3 marotaba mushtlab olamiz. Xamirni 2 ga bo'lamiz.
Qiymasini tayyorlab olamiz
Tovuq go'shti, piyoz, qo'ziqorin va pomidorni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz. Sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni yupqa, taxminan 2 mm qilib yoyib olamiz. Qatlamali pishiriqlarga mo'ljallangan margarinimizni eritib, yoygan xamirning ustiga surtib chiqamiz. So'ng xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.
Biroz tinishi uchun sovutgichga olib qo'yamiz.
15 daqiqadan so'ng xamirni olib, pichoq yordamida 5-6 sm qalinlikda, taxminan 30 grammdan qilib kesib chiqamiz.
Har bir xamir bo'lakchalari taxminan 3-4 mm qalinlikda, aylanasini esa 10 sm kattalikda yoyiladi.
Barchasini yoyib bo'lganingizdan so'ng qiymani taqsimlaysiz. Taxminan 1.5 osh qoshiqdan to'g'ri keladi.
Somsalarga har kim o'z xohishicha shakl berishi mumkin. Bizlar uchburchak shaklda pishirishga qaror qildik.
Patnisga pergament qog'oz to'shab, ustidan somsalarni terib chiqamiz.
Somsalarni ustiga tuxum sarig'i surtib chiqamiz va kunjut sepib bezatamiz.
So'ng 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida tillarangga kirgunicha, taxminan 35-40 daqiqa pishirib olamiz va ajoyib ta'mdan rohatlanamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: samsunguzbekistan
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @SamsungUzbekistan
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 kilo un | |
430 millilitr suv | |
30 gramm tuz | |
1 dona tuxum | |
150-200 gramm margarin | |
Qiymasiga: |
|
800 gramm tovuq filesi | |
200 gramm pomidor | |
600 gramm shampinyon | |
400 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |