Videoretsept: Pishirish talab etilmaydigan vanil-shokoladli chizkeyk
Masalliqlar:
-
Korjiga:
-
180-200 gramm pechenye
-
100 gramm sariyog'
-
Asosiy qavatiga:
-
700 gramm qaymoqli suzma
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
180 gramm shakar upasi
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
2 choy qoshiq vanil shakari
-
20 gramm jelatin
-
120 millilitr sovuq suv
-
100 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Har zamon mazali shirinliklardan iste’mol qilgimiz kelib qoladi. Ana shunday vaziyatlarda mana bunday chizkeyk retsepti bizga qo’l keladi.
Bu tort shuningdek pechda pishirishni talab qilmaydi va oddiy suzmadan tayyorlaniladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 47 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Korjiga: |
|
180-200 gramm pechenye | |
100 gramm sariyog' | |
Asosiy qavatiga: |
|
700 gramm qaymoqli suzma | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
180 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
20 gramm jelatin | |
120 millilitr sovuq suv | |
100 gramm qora shokolad |
Korjini tayyorlaymiz
Pechenyelarni blender yoki o'qlovda maydalab olamiz.
Sariyog'ni eritib olamiz va pechenyelar bilan aralashtirib olamiz.
Aylanasi 24 sm li qolipga pergament qog'oz to'shaymiz.
Pechenyelarni qolipga solib, ustini tekislab olamiz.
So'ng qolipi bilan sovutgichga 30 daqiqaga olib qo'yamiz.
Asosiy qavatini tayyorlaymiz
Jelatinni ustidan sovuq suv quyamiz va 20 daqiqaga qoldiramiz.
Chuqurroq tog'orachaga suzma va qaymoqni solib, mikserda ko'pirtirib olamiz.
Ko'pirtirishda davom etib, vanilin va shakar upasini sepamiz.
Jelatinni qozonchaga solib, silliq holatga kirgunicha eritib olamiz.
Muhim! Jelatin qaynashiga yo'l qo'ymang!
Suzma va qaymoqli aralashmani ikkiga bo'lamiz.
Aralashmaning bir qismiga jelatinning yarmini quyamiz va mikserda ko'pirtirib olamiz.
Qolganini esa vaqtincha chetga olib qo'yamiz.
Suzmali aralashmani qolipdagi pechenyelar ustidan quyamiz va muzlatgichga 20 daqiqaga olib qo'yamiz.
Qolgan suzmaga kakaoni solamiz va aralashtiirb olamiz.
Qolgan jelatinni qizdirib, suyultirib olamiz va suzma ustidan quyamiz. Mikserda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Muzlatgichdagi chizkeykimiz ustidan kakaoli aralashmani ham quyamiz. Va 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Shokoladni eritib olamiz va chizkeyk ustidan quyamiz. To'liq qotishi uchun 3 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Xohishga qarab, rezavor mevalar bilan ustini bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: samsunguzbekistan
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @SamsungUzbekistan
Masalliqlar:
Korjiga: |
|
180-200 gramm pechenye | |
100 gramm sariyog' | |
Asosiy qavatiga: |
|
700 gramm qaymoqli suzma | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
180 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
20 gramm jelatin | |
120 millilitr sovuq suv | |
100 gramm qora shokolad |