fbpx
Videoretsept: «Zebra» keksi

Videoretsept: «Zebra» keksi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyorlanilishi juda oddiy, lekin ko’rinishidan tortga o’xshash pirog tayyorlay olasizmi? Unda biz bilan qoling! Bizning bugungi «Zebra» keksimiz aynan shunday. U juda mazali va kesishda ham chiroyli ko’rinishga egadir.

Agarda bizning retsept asosida pishirsangiz, bu tort sizning haqiqiy dastyoringizga aylanadi. Ayniqsa bu pishiriqimiz aynan zebrani eslatishi bilan bolajonlarga juda yoqadi.

Masalliqlar:

250 gramm un
4 ta tuxum
200 gramm smetana
300 gramm shakar
2-3 osh qoshiq kakao kukuni
100 gramm margarin yoki sariyog'
2 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Shakar bilan tuxum oqarguncha mikserda yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirilgan tuxum ustidan eritilgan sariyog' yoki margarin va smetana solinadi, yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Un ustiga qabartma solib aralashtiriladi va tuxumli massa ustiga solib, mikserning past darajasida silliq bo'lgunicha aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir teng ikki qismga bo'linadi. Bittasiga kakao kukuni qo'shiladi va aralashtiriladi.

Agarda oq rangli xamir kakaoliga nisbatan suyuqroq bo'lsa, unda yana 2-3 qoshiq un qo'shing.

Qadam 5
Tugallandi

22 sm li qolip olinadi va ustiga pergament qog'oz to'shaladi.

Qadam 6
Tugallandi

Osh qoshiqda xamirlar navbat bilan qolipning o'rtasiga solib chiqiladi (2 qoshiqdan).

Ustidan esa cho'pcha (tishkovlagich)da xamirni o'rtasidan chetiga qilib chizilsa, usti yanada chiroyli chiqadi.

Qadam 7
Tugallandi

Oldindan 180 C da qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan-pishmaganligini gugurt cho'p yordamida aniqlaymiz, agar u quruq chiqsa, demak keksimiz tayyor.

Keks yanada ko'rkam ko'rinishga kirishi uchun ustini eritilgan shokolad va yong'oqlar bilan bezatish mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm un
4 ta tuxum
200 gramm smetana
300 gramm shakar
2-3 osh qoshiq kakao kukuni
100 gramm margarin yoki sariyog'
2 choy qoshiq qabartma
oldingi
«Issiq shokolad» ichimligi
keyingi
Tuxum va rediskadan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.