Kartoshka solib pishirilgan lavashli naychalar
Masalliqlar:
-
2 ta lavash xamiri
-
3 ta kartoshka
-
100 gramm piyoz
-
100 gramm sariyog'
-
50 millilitr sut
-
2 osh qoshiq smetana
-
surtish uchun tuxum
-
sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Bugun yana bizlar oson tayyorlaniladigan, ammo shu bilan birga mazali bo’lmish lavashli naychalar retseptini taqdim etamiz.
Ularni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga tortishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta lavash xamiri | |
3 ta kartoshka | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm sariyog' | |
50 millilitr sut | |
2 osh qoshiq smetana | |
surtish uchun tuxum | |
sepish uchun kunjut |
Kartoshkalarni po'stini archib, tuzli suvda qaynatib olamiz.
O'simlik yog'i yoki sariyog'da esa piyozni o'zini qovurib olamiz.
Qaynab pishgan kartoshka suvini to'kib tashlaymiz va ustidan qovurilgan piyozni solib, birgalikda ezib maydalaymiz. Pyurega xohishga qarab, ko'katlar yoki pishloqdan solish ham mumkin.
Lavashdan cheti 15-17 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib chiqamiz.
Kattaroq idishga smetana, o'simlik yog'i, sut va tuzni solib, aralashtirib olamiz. Shu aralashmani lavashlarga surtib chiqamiz, shunda ular yumshoq bo'lib pishadi.
Lavashning bir burchagiga kartoshkali pyuredan solamiz, ikkita chetini buklab, ruletsimon shakllar o'rab chiqamiz.
Lavashli naychalarni pech patnisiga terib chiqamiz. Ustidan tuxum surtib, kunjut sepamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Va issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.