Tvorogli maffinlar
Masalliqlar:
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
140 gramm shakar
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
-
200 gramm tvorog
-
2 ta tuxum
-
180 gramm un
-
10 gramm qabartma
Yo’nalishlar
Tvorogli maffinlar – nafaqat tez pishar, balki juda ham mazali pishiriqlardan biridir! Ayniqsa, bunday maffinlar uchun oddiy masalliqlardan foydalaniladi.
Bolalarga manzur keluvchi maffinlar tez tayyorlanib, juda tez tugab ham qoladi!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
140 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
200 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
180 gramm un | |
10 gramm qabartma |
Xona haroratida yumshagan sariyog' ustidan shakar, tuz va vanil shakarini sepib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Tuxum va tvorogni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va aralashtiramiz.
Xamirni maffinlarga mo'ljallangan qolipchalarga quyamiz va 170 C darajada qizigan pechda 30 daqiqadan pishirib olamiz.
Biroz sovigandan so'ng ustidan shakar upasini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
140 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
200 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
180 gramm un | |
10 gramm qabartma |