Bodring va ko’katli salat
Masalliqlar:
-
3-4 ta bodring
-
bir nechta salat bargi
-
yarim bog' kashnich
-
yarim bog' shivit
-
yarim bog' ko'k piyoz
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
10-12 dona yashil zaytun mevasi
-
Aralashmasiga:
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
bir chimdim oregano
Yo’nalishlar
Kelinglar bugun sizlar bilan salat bargi, bodring va ko’katlardan yengilroq salat tayyorlab ko’ramiz! Bu salatning kaloriyasi pastligi sababli parhez tutuvchilarga ham tavsiya qilinadi.
Ko’katlar va yashil rangli sabzavotlar juda ham foydaliligi hech kimga sir emas. Ularni birlashtirganda salat nafaqat foydali, balki juda mazali ta’mga ega bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 21 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3-4 ta bodring | |
bir nechta salat bargi | |
yarim bog' kashnich | |
yarim bog' shivit | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
10-12 dona yashil zaytun mevasi | |
Aralashmasiga: |
|
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
bir chimdim oregano |
Ko'katlarni yaxshilab yuvib, quritamiz.
Salat bargini qo'lda maydalab, qolgan ko'katlarni to'g'rab olamiz va tog'orachaga solamiz.
Bodringlarni xohishga qarab po'stini archamiz va yarim oy shaklida o'rtacha qalinlikda to'g'rab chiqamiz. Tog'orachaga solamiz.
Bulg'or qalampirini somoncha shaklida to'g'rab olamiz.
Zaytun mevasini halqachasimon shaklda to'g'rab, ularni ham qolgan masalliqlar ustidan solamiz.
Aralashmasiga kerakli masalliqlarni alohida dishga solib, aralashtirib olamiz.
Salat ustidan aralashmasini quyib, aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3-4 ta bodring | |
bir nechta salat bargi | |
yarim bog' kashnich | |
yarim bog' shivit | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
10-12 dona yashil zaytun mevasi | |
Aralashmasiga: |
|
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
bir chimdim oregano |