fbpx
Pesto qaylasi qo’shib tayyorlangan go’shtli salat

Pesto qaylasi qo’shib tayyorlangan go’shtli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pomidor va bodring solib tayyorlaniladigan har qanday hech qachon me’daga tegmaydi. Аgar unga mazali pesto qaylasini solsak, uning yanada mazaliroq chiqishini ta’minlaydi.

Pesto qaylasini esa mana bu retsept asosida tayyorlab olamiz.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 35 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm bodring
200 gramm pomidor
250 gramm mol go'shti
2 bog' salat bargi
0.5 ta qizil piyoz
100 gramm yashil rangli zaytun mevasi
6-7 dona bedana tuxumi
150 gramm pesto qaylasi
Qadam 1
Tugallandi

250 gramm go'shtni bir soat davomida oldindan qaynatib olamiz. Bedana tuxumlarini ham xuddi shunday oldindan 8-10 daqiqa davomida qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pesto qaylasdini tayyorlab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'sht, pomidor va bodringni somoncha shaklda to'g'rab tog'orachaga solamiz. Piyozni ham yupqa to'g'rab, sovuq suvda chayib olamiz va idishga solamiz. Zaytun mevalarini ikkiga bo'lib solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Salat bargini yuvib, qo'lda maydalab olamiz va masalliqlar ustidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Salatni pesto qaylasi bilan aralashtirib, likopchaga solamiz va ustidan ikkiga bo'lingan tuxumlarni terib bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm bodring
200 gramm pomidor
250 gramm mol go'shti
2 bog' salat bargi
0.5 ta qizil piyoz
100 gramm yashil rangli zaytun mevasi
6-7 dona bedana tuxumi
150 gramm pesto qaylasi
oldingi
Videoretsept: Olchali rogaliklar
keyingi
Sabzavotli ragu

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.