fbpx
Limon-xantalli qaylada pishirilgan baliq

Limon-xantalli qaylada pishirilgan baliq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baliq go’shti juda yumshoqligi sabab ham, boshqa go’shtlarga qaraganda juda tez pishadi.Mana bunday usulda pishirilgan baliq esa nafaqat tez tayyorlaniladi, balki kayfiyatingizni ham ko’tarib yuboradi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 80 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm baliq filesi bizlar Forel' balig'idan ishlatdik
100 gramm sariyog'
1 ta limon yoki laym
30-50 millilitr limon sharbati
4 osh qoshiq asal
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq xantal donachalari
yarim bog' kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 200 C darajaga qizdiramiz. Pech patnisiga folga qog'oz to'shaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baliq filesiga yaxshilab tuz va murch sepamiz. Folga qog'oz ustiga qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Limon yoki laymni parrak qilib to'g'raymiz va go'sht atrofiga terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga eritilgan sariyog', asal. limon sharbati, xantal va maydalangan sarimsoq piyozi solib, aralashtiramiz. Shu aralashmani baliq ustidan quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Folganing chetlarini tepaga buklab, baliq ustini yopamiz va pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishishiga 5 daqiqa qolganda esa folga usini ochib pishirib olamiz.

To'g'ralgan kashnich sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 35 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm baliq filesi bizlar Forel' balig'idan ishlatdik
100 gramm sariyog'
1 ta limon yoki laym
30-50 millilitr limon sharbati
4 osh qoshiq asal
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq xantal donachalari
yarim bog' kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma
keyingi
Videoretsept: «Maxrovoe» shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.