Shokolad-yalpizli pechenyelar
Masalliqlar:
-
190 gramm un
-
100 gramm shakar
-
80 gramm sariyog'
-
70 gramm qora shokolad
-
20 gramm kakao
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
-
2-3 osh qoshiq shakar upasi
-
15 gramm yalpiz yaproqchalari
Yo’nalishlar
Ichi yumshoq va nafis, usti esa qarsildoq bo’lgan, shokoladga to’yinib pishgan bunday pechenyelar sizga ham manzur bo’lishi aniq.
Agar unga ozroq yalpiz yaproqchalari qo’shilsa bormi, taraladigan hiddan barchani bir yerda jamlashingiz yanada osonroq kechadi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
190 gramm un | |
100 gramm shakar | |
80 gramm sariyog' | |
70 gramm qora shokolad | |
20 gramm kakao | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
2-3 osh qoshiq shakar upasi | |
15 gramm yalpiz yaproqchalari |
Sariyog' va shokoladni mikroto'lqinli pech yoki suv bug'ida eritib olamiz.
Yalpizning faqat yaproqchalarini shakar bilan aralashtirib, blenderda maydalab olamiz.
Tog'orachaga sariyog', shokolad, tuxum, yalpiz va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz.
Un, kakao va qabartmani aralashtirib, elab olamiz.
Suyuq va quruq masalliqlarni birlashtirib, tezda xamir qoramiz, so'ng ustini yopib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Bir osh qoshiqdan xamir olib, aylana shaklga keltiramiz va shakar upasiga belab, pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 7-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
190 gramm un | |
100 gramm shakar | |
80 gramm sariyog' | |
70 gramm qora shokolad | |
20 gramm kakao | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
2-3 osh qoshiq shakar upasi | |
15 gramm yalpiz yaproqchalari |