Qulupnayli semifredo muzqaymog’i
Masalliqlar:
-
150 gramm qulupnay
-
70 gramm pechenye
-
100 gramm shakar upasi
-
450 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Yo’nalishlar
Semifredo – ham sufle, ham muzqaymoqqa o’xshab ketadigan italyancha muzqaymoq bo’lib, oddiy masalliqlardan tayyorlaniladi. Shirinlikni sevib iste’mol qiluvchilar uchun jazirama kunlarda bunday muzqaymoq ayni muddao bo’lishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
150 gramm qulupnay | |
70 gramm pechenye | |
100 gramm shakar upasi | |
450 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |
Qaymoq va shakar upasini birgalikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
So'ng ko'pirtirilgan massani teng ikkiga bo'lamiz.
Pechenyeni maydalab, qaymoqning bir qismi bilan aralashtirib olamiz,.
Qolgan qismiga qulupnayni solib, blenderda birgalikda maydalab olamiz.
Kichkina qolipchalar yoki bitta katta qolip olib, oziq-ovqat pelyonkasi to'shaymiz.
Qoliplarga pechenyeli muzqaymoqdan ozroq solib, 10 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz. Qolgannini esa sovutgichga qo'yib turamiz.
Qoliplarni olib, ustidan qulupnayli muzqaymoqni taqsimlab, hammasini solib chiqamiz. 1 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.
So'ng yana qoliplarni olib, qolgan pechenyeli muzqaymoqni solib chiqamiz va 1-2 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Dasturxonga tortishdan oldin muzqaymoqlarni ag'darib, pelyonkasini olib tashlaymiz va iste'mol qilamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm qulupnay | |
70 gramm pechenye | |
100 gramm shakar upasi | |
450 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |