fbpx
Qulupnayli puding

Qulupnayli puding

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Sizlarga yengil va yumshoq, xuddi suflega o’xshab ketuvchi shirinlik – qulupnayli puding retseptini taqdim etamiz. Bunday shirinlikni xohishga qarab, muzqaymoq bo’lagi bilan ham iste’mol qilish mumkin.

Bunday desert sanoqli daqiqalarda dasturxonda tugab qolishi aniq!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar upasi
250 gramm tvorog
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
250 gramm qulupnay
1 osh qoshiq limon sharbati
3 osh qoshiq shakar
qolipga sepish uchun bug'doy yormasi
Qadam 1
Tugallandi

Asosiga:

Qulupnaylarni yuvib, to'g'raymiz va tog'orachaga solamiz. Limon sharbatini quyib, shakar sepamiz va aralashtirib, sovutgichga 30 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz. Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga esa tvorog, vanil shakari, kraxmal, tuxum sarig'i va shakar upasini solamiz. Mikserda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum oqini tvorogli aralashmaga solib, oshxona lopatkasi yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

10x15 sm kattalikdagi qolipga sariyog' surtib, bug'doy yormasi(mannaya krupa)dan sepamiz. Gaz pechini esa 190 C darajaga qizdiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qulupnaylarni qolipga solamiz. Ustidan esa tvorogli aralashmani quyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shu qolipimizni suv hammomiga qo'yamiz. Buning uchun o'zidan kattaroq qolipning yarmigacha qaynoq suv quyib, ichiga pudingli qolipni qo'yamiz. Va gaz pechiga qo'yib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Gaz pechini ochib qo'yib, ozroq sovutamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pudingni issiqligida rezavor mevalar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar upasi
250 gramm tvorog
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
250 gramm qulupnay
1 osh qoshiq limon sharbati
3 osh qoshiq shakar
qolipga sepish uchun bug'doy yormasi
oldingi
Jeymi Oliverdan qo’ziqorinli farfalle
keyingi
Gulkaramdan qilingan «guruch»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.