fbpx
Jeymi Oliverdan qo’ziqorinli farfalle

Jeymi Oliverdan qo’ziqorinli farfalle

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Jeymi Oliverning barcha retseptlari mazali va oson bo’lib, bugun bizlar ana shunday taomlaridan birini tayyorlashga qaror qildik. Bunday taomning asosiy siri esa qaymoq o’rniga tvorogning solinishidadir!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

320 gramm farfalle pastasi
280 gramm shampinyon maydalari
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta limon po'sti
6 ta shoxcha timyan
0.5 bog' petrushka
150 gramm yirik donali tvorog
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Pastani qadog'ida ko'rsatilgan vaqtga qarab qaynatib olmiz. Bizlar pastamizni 10 daqiqa davomida qaynatib oldik. So'ng suvidan 1 stakan olib qo'yib, qolganini to'kib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shampinyonlarni yaxshilab yuvamiz. Sarimsoq piyozni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga zaytun yog'ini solib qizdiramiz. Sarimsoq piyozni solib, 30 soniya qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kichkina shampinyonlarni butunligicha solib, ustidan timyan shoxchalarini terib chiqamiz. Pishguniga qadar qovurib, so'ng tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovurilgan masalliqlarni blender idishiga solib, yaxshilab ezib maydalaymiz. So'ng olib qo'ygan pasta suvidan solib, yana bir bor aralashtirib olamiz va qayta tovaga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pastani qayla ustidan solamiz, mayda to'g'ralgan petrushka va qirg'ichdan chiqarilgan limon po'stini sepamiz. Odatiy qaymoq o'rniga tvorogdan solamiz. Aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

320 gramm farfalle pastasi
280 gramm shampinyon maydalari
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta limon po'sti
6 ta shoxcha timyan
0.5 bog' petrushka
150 gramm yirik donali tvorog
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: tvorog va qulupnayli pirog
keyingi
Qulupnayli puding

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.