fbpx
Videoretsept: tvorog va qulupnayli pirog

Videoretsept: tvorog va qulupnayli pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Oila a’zolari yig’ilgan paytda issiq choy bilan iste’mol qilsa bo’ladigan tvorog va qulupnayli pirogdan tayyorlang — bunday nafis ta’mli pirog katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Bunda qulupnay o’rniga xohlagan rezavor mevalardan solish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
260 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm Maselkadan "quyoshli" margarini
Asosiga:
100 gramm shakar
2 ta tuxum
250 gramm tvorog
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Yumshoq sariyog'ni shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng esa un bilan qabartmani elab, oz-ozdan sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hammasini mikser yordamida aralashtirib olamiz. Ana shunda u kukunsimon holatga kiradi.

Qadam 3
Tugallandi

Blender idishiga tuxum, shakar va tvorogni solamiz. Yaxshilab ezib, silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aylanasi 20-22 sm kattalikdagi qolipga xamirning yarmini sepamiz. Ustidan tvorogli aralashmani solib, qulupnaylarni teramiz va ozroq bosib tvorogli massaga kirgizamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ikkinchi xamirni ham sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
260 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm Maselkadan "quyoshli" margarini
Asosiga:
100 gramm shakar
2 ta tuxum
250 gramm tvorog
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm qulupnay
oldingi
Mayizli oddiy keks
keyingi
Jeymi Oliverdan qo’ziqorinli farfalle

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.