fbpx
Sutli keks

Sutli keks

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Quymasiga:

Yo’nalishlar

Karamelli qayla quyilgan mayin va ajoyib ta’mli sutli keks retseptini e’tiboringizga havola etamiz. Bu keksga uch marotaba sut solinadi: xamiriga, karamelli qaylasiga va quymasiga!

Karamelli qayla retsepti.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
125 millilitr sut
50 gramm sariyog'
3 ta tuxum
200 gramm shakar
5 gramm qabartma
200 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1/8 choy qoshiq tuz
Quymasiga:
200 millilitr sut
150 millilitr qaymoq
130 gramm karamelli qayla
Qadam 1
Tugallandi

Qozonchaga sariyog' va sutni solamiz. Gazga qo'yib, sariyog' erigunga qadar qizdramiz. Erib bo'lgandan so'ng, chetga olib qo'yamiz. Sutni qaynatish shart emas.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni shakar va vanil shakari bilan birga yaxshilab, shishib oqarguniga qadar ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga un, qabartma va tuzni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumli aralashmaga unning 1/3 qismini solamiz, lopatkacha yordamida tepadan pastga qaratib aralashtiramiz. So'ng sutning 1/3 qismini quyamiz va xuddi shunday aralashtirib olamiz. Shu jarayonni yana ikki marotaba takrorlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aylanasi 180 sm li qolip olamiz, ostiga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog'dan surtamiz.

Xamirni quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Keksni 180 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishganligini gugurt cho'p yordamida tekshirib ko'ramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Keksni sovutib, qolipidan ajratamiz va sal kattaroq likopchaga olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Quymasiga kerakli barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz. KEks ustini sanchiq bilan teshib chiqamiz va aralashmani ustidan quyamiz.

Keksni 5-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
125 millilitr sut
50 gramm sariyog'
3 ta tuxum
200 gramm shakar
5 gramm qabartma
200 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1/8 choy qoshiq tuz
Quymasiga:
200 millilitr sut
150 millilitr qaymoq
130 gramm karamelli qayla
oldingi
Videoretsept: go’shtli rasstegaylar
keyingi
«Foydali» salati

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.