Shokoladli glazurli shvedcha keks
Masalliqlar:
-
150 gramm margarin yoki sariyog'
-
200 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
180 gramm un
-
35 gramm kakao
-
2 choy qoshiq qabartma
-
1.5 choy qoshiq vanil shakari
-
150 millilitr sut
-
Glazuriga:
-
50 gramm sariyog'
-
180 gramm shakar upasi
-
2 choy qoshiq kakao kukuni
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
30 millilitr qahva
-
ustiga sepish uchun kakos qirindisi
Yo’nalishlar
Sizlarga yana bir ajoyib shokoladli keks retseptini taqdim etamiz. U o’zining xushbo’y isi va lazzatli ta’mi bilan har kimga ham yoqishi aniq.
Bunday keks juda ham tez tayyorlaniladi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
180 gramm un | |
35 gramm kakao | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1.5 choy qoshiq vanil shakari | |
150 millilitr sut | |
Glazuriga: |
|
50 gramm sariyog' | |
180 gramm shakar upasi | |
2 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
30 millilitr qahva | |
ustiga sepish uchun kakos qirindisi |
Sariyog'ni eritib, biroz sovutib olamiz.
Alohida idishga tuxum, shakar va vanil shakarini solib, ko'pirtirib olamiz.
Quruq masalliqlarni alohida aralashtirib olamiz: un, kakao va qabartma.
Tuxumli aralashma ustidan unli massa, eritilgan sariyog' va sutni solib, aralashtirib olamiz.
Qolipga quyamiz. Bizlar aylanasi 24 sm li qolipda pishirdik.
190 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Keksni qolipida sovutib olamiz.
Glazuri
Kakao va shakar upasini elab olamiz. Sariyog'ni esa eritamiz. Ustidan qahvani quyamiz.
Kakaoli aralashmani solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Keksni qolipidan ajratmay glazurni quyamiz va kakos qirindisini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
180 gramm un | |
35 gramm kakao | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1.5 choy qoshiq vanil shakari | |
150 millilitr sut | |
Glazuriga: |
|
50 gramm sariyog' | |
180 gramm shakar upasi | |
2 choy qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
30 millilitr qahva | |
ustiga sepish uchun kakos qirindisi |
2 Sharhlar Hide Comments
Maxsulotim uvol bo’lmasmikkin
Yo’q, retseptga amal qilsangiz uvol bo’lmaydi 🙂