fbpx
Videoretsept: guriyacha xachapuri

Videoretsept: guriyacha xachapuri

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Gruzincha taomlarning barchasi ajoyib ta’m va ko’rinishga ega. Mana bu xachapurilar ham bundan mustasno emas.


Masalliqlar:

5 gramm quruq xamirturush
150 millilitr sut
1 choy qoshiqdan tuz va shakar
50 gramm margarin yoki sariyog'
60 millilitr kefir
350-400 gramm un
1 dona tuxum
Asosiga:
300 gramm "suluguni" pishlog'i
3 ta qaynatilgan tuxum
surtish uchun 1 choy qoshiq suv va tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga tuz, shakar va xamirturushni solib, aralashtirib olamiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga eritilgan sariyog', tuxum, kefirni va xamirturushli aralashmani solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni oz-ozdan solib, xamir qorib olamiz.

Xamirni 5 daqiqadan ko'proq mushtlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng xamirni ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloq va qaynatilgan tuxumni qirg'ichdan chiqarib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni olib, 3-4 ta teng bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng xamirlarni kattaligi 23-25 sm gacha yoyib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Teng yarmiha asosdan solib chiqamiz va ikkinchi yarmi bilan ustini yopib, chetlarini yopishtirib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustini yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Keyin esa ustiga tuxum sarig'ini surtib, 180 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pishgan xachapurilarga xohishga qarab ustidan sariyog' surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

5 gramm quruq xamirturush
150 millilitr sut
1 choy qoshiqdan tuz va shakar
50 gramm margarin yoki sariyog'
60 millilitr kefir
350-400 gramm un
1 dona tuxum
Asosiga:
300 gramm "suluguni" pishlog'i
3 ta qaynatilgan tuxum
surtish uchun 1 choy qoshiq suv va tuxum sarig'i
oldingi
Burgundcha usulda pishirilgan go’sht
keyingi
Brokkoli va sarimsoqpiyozdan garnir

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.