fbpx
Shokolad-qahvali tort

Shokolad-qahvali tort

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Shokolad va qahva solib tayyorlaniladigan tezpishar tort har qanday dasturxonga ham fayz bag’ishlaydi.

Korjlarga hech qanday qiyom quyilmasligiga qaramay, ular juda nam bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 35 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm shakar
245 gramm un
75 gramm kakao
1.5 choy qoshiq qabartma
1.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/2 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
240 millilitr yangi damlangan qahva
240 millilitr sut
120 millilitr o'simlik yog'i
1.5 choy qoshiq vanilin
Kremiga:
180 gramm qora shokolad
226 gramm yumshatilgan sariyog'
230 gramm shakar upasi
1.5 choy qoshiq vanilin
Qadam 1
Tugallandi

Asosi

Tog'orachaga barcha quruq masalliqlar: un, tuz, shakar, kakao, qabartma va iste'mol sodasini solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa tuxum, qahva, sut, yog' va vanilinni solamiz. Mikserda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Quruq massa va suyuq aralashmani birlashtiramiz. Natijada silliq, suyuqroq holatli xamir vujudga keladi.

Qadam 4
Tugallandi

Pechni 180 C darajaga qizdiramiz. Aylanasi 22-24 sm li qolipga sariyog'dan surtamiz, va ostiga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni ikkiga bo'lib, 25-30 daqiqadan pishirib olamiz. Pishganligini gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz, quruq chiqsa pishgan hisoblanadi.

Qadam 6
Tugallandi

Korjlarni pech panjarasida sovutib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremiga:

Shokoladni suv bug'ida eritib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sariyog'ni ozroq mikserda ko'pirtirib olamiz. So'ng shakar upasini solib, oqarib shishgunga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Vanil shakari va eritilgan shokoladni solib, past bosimda ko'pirtirib olamiz. So'ng quvvatini oxirigacha ko'tarib, 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Biskvitni bittasini qo'yib, ustidan kremning yarmini surtamiz. Ikkinchi qavati bilan yopib, usti va chetlariga krem surtamiz. Xohishga qarab, kremni pishiriq qopchasiga quyib, har xil gullar chiqarish ham mumkin.

Qadam 11
Tugallandi

Tortni bir soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm shakar
245 gramm un
75 gramm kakao
1.5 choy qoshiq qabartma
1.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/2 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
240 millilitr yangi damlangan qahva
240 millilitr sut
120 millilitr o'simlik yog'i
1.5 choy qoshiq vanilin
Kremiga:
180 gramm qora shokolad
226 gramm yumshatilgan sariyog'
230 gramm shakar upasi
1.5 choy qoshiq vanilin
oldingi
Oddiy ozdiruvchi salat
keyingi
Videoretsept: Kakosli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.