Videoretsept: dolchin qo’shib pishirilgan bulochkalar
Masalliqlar:
-
1 piyola sut
-
3 piyola un
-
100 gramm sariyog'
-
1 dona tuxum
-
200 gramm shakar
-
1 osh qoshiq quruq xamirturush
-
15-20 gramm dolchin
-
1 dona tuxum sarig'ibulochkalar ustiga surtich uchun
Yo’nalishlar
Dolchin qo’shilgan bulochkalar hidiga hech bir narsa teng kelmasligi aniq. Agarda siz bu pishiriqni pishirsangiz, undan taraladigan hiddan nafaqat oila a’zolaringiz, balki qo’shnilaringiz ham yugurib kelishi aniq!
Bunday bulochkalarni tayyorlash umuman qiyin emasligiga siz azizlarni ishontirish maqsadida ham biz videotasvirga tushirdik.
Masalliqlar:
1 piyola sut | |
3 piyola un | |
100 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
200 gramm shakar | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
15-20 gramm dolchin | |
1 dona tuxum sarig'i |
Xamir oshishiga asos tayyorlaymiz: Sutning 1/4 qismiga xamirturush, ozroq shakar, tuz va bir osh qoshiq un solib aralashtiriladi va 15 daqiqaga tindirishga qo'yiladi.
Usti shishib chiqishi kerak.
Sutning qolgan qismiga tuxum qo'shiladi, shakarning teng yarmi va eritilgan sariyog' solib, aralashtiriladi.
So'ngra sutli-xamirturushli massa solib, aralshtiriladi.
Xamir yumshoq va egiluvchan bo'lgunga qadar un solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi va ikki barobar ko'tarulganiga qadar, taxminan 35-45 daqiqaga tindirib qo'yiladi.
Oshgan xamir teng 2-3 bo'laklarga bo'linadi.
Stol ustiga un sepiladi.
Xamir qalinligi 5-7 mm da to'rtburchak shaklda yoyiladi, eritilgan sariyog' surtiladi va ustidan shakar bilan dolchin sepib chiqiladi.
Xamir ruletga o'xshab o'rab chiqiladi va o'rtacha kattalikda kesib chiqiladi.
Pishirishga shay turgan bulochkalar gaz pechi patnisiga (maxsus yog'langan qog'oz to'shaladi) terib chiqiladi va yana biroz ko'tarilishi uchun 20 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
Ustiga tuxum sarig'i surtiladi.
180-190 C darajada qizdirilgan duxovkada to'q-tillarangga kirguncha taxminan 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 piyola sut | |
3 piyola un | |
100 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
200 gramm shakar | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
15-20 gramm dolchin | |
1 dona tuxum sarig'i |